platina.uz
Jahon

Putin xalqaro hibs eʼlon qilingach, ilk bor xorijga chiqadi

17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi Putinni hibsga olish boʻyicha qaror chiqargandi.

Putin xalqaro hibs eʼlon qilingach, ilk bor xorijga chiqadi

12-13 oktabr kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirgʻiziston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu uning Xalqaro sud hukmidan keyingi ilk xorijiy tashrifidir.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Putin shuningdek, Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan MDH Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Putinni hibsga olish boʻyicha qaror chiqargandi. Rossiya prezidenti Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda gumonlanmoqda.

MDH Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid