platina.uz
Jamiyat

Andijonda salkam 40 mlrd. soʻm stipendiya puli "yeb yuborildi"

Hisob palatasi Andijon davlat universitetida stipendiya toʻlovlari orqali mablagʻlarni noqonuniy oʻzlashtirish holatini aniqladi.

Andijonda salkam 40 mlrd. soʻm stipendiya puli "yeb yuborildi"

Hisob palatasi Andijon davlat universitetida stipendiya toʻlovlari orqali mablagʻlarni noqonuniy oʻzlashtirish holatini aniqladi. Jami 39,3 mlrd. soʻm naqd pul talon-taroj qilingan.

Jumladan:

  • kontrakt mablagʻlari hisobidan stipendiyasiz shaklda tahsil olgan 8761 nafar talabaga 25,1 mlrd. soʻm ortiqcha stipendiya hisoblanib, toʻlov qaydnomalari soxtalashtirilgan;
  • talabalar tomonidan toʻlangan 9,3 mlrd. soʻm toʻlov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;
  • talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd. soʻm ragʻbatlantirish mablagʻlari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;
  • byudjet mablagʻlari hisobidan 2226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd. soʻm ortiqcha stipendiya oʻzlashtirilgan;
  • talabalar yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln. soʻmlik naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy oʻzlashtirilgan.

Bundan tashqari, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga zid ravishda universitetga xizmat uyi xarid qilish uchun jismoniy shaxs bilan 2,5 mlrd. soʻmlik toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzib, shundan 300 mln. soʻmi notoʻgʻri oʻtkazilgan.

Aniqlangan noqonuniy oʻzlashtirilgan mablagʻlardan 5,1 mlrd. soʻmi undirilgan. Tekshirish yakuni bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar toʻplami huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid