Afgʻonistonda 6.2 magnitudali kuchli zilzila roʻy berdi
Bir necha kun avvalgi zilzilada ikki mingdan ortiq kishi halok boʻlgandi.

Bugun, 11 oktabr kuni Afgʻoniston gʻarbida, Hirot shahri atrofida yana 6.2 magnitudali kuchli zilzila roʻy berdi.
Aytilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 05.42 da Afgʻoniston gʻarbi Hirot atrofida 10 km chuqurlikda yana 6.2 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi.
Seysmoprognostik monitoring markaz maʼlumotiga koʻra, zilzilalar kuchi Oʻzbekistonda sezilmadi.
Taʼkidlash kerakki, 8 oktabr kuni mazkur hududda 6.1 magnituda kuchga ega kuchli zilzila kuzatilgandi. Davomli zilzilalar va aftekshok natijasida koʻplab binolar vayron boʻlib, ikki mingdan ortiq kishi halok boʻlgani maʼlum qilindi.