Surxondaryo hokimiga oʻrinbosar tayinlandi
U avval Avtomobillar yoʻllari qoʻmitasida ishlagan.

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Amirov Alisher Xurramovich Surxondaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Alisher Amirov bunga qadar Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi boshqarma boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.




