platina.uz
Jamiyat

Oʻzgidromet qor va yomgʻirdan ogohlantirdi

Oʻzgidromet agentligi Platina.uz saytiga bu haqda maʼlum qildi.

Oʻzgidromet qor va yomgʻirdan ogohlantirdi

Oʻzgidromet agentligining Platina.uz saytiga taqdim etgan maʼlumotiga koʻra, 11-13 oktabr kunlari Oʻzbekiston boʻylab yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin.

Xususan:

  • Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida 11 oktabrda 1-5 mm, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda 10 mm.gacha yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° boʻladi. 12 oktabrda baʼzi joylarda 3-6 mm, Qoraqalpogʻiston shimolida 10 mm.gacha yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 3-8°, kunduzi 12-17° boʻladi.
  • Buxoro, Navoiy viloyatlarida 12 oktabrda baʼzi joylarda 2-7 mm yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 20-25° boʻladi.
  • Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida 12 oktabrda baʼzi joylarda 2-7 mm yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 22-27° boʻladi. 13 oktabrda kechasi va ertalab 10-15 mm yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 12-17° boʻladi.
  • Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 12 oktabrda baʼzi joylarda 2-7 mm yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 22-27° boʻladi. 13 oktabrda kechasi va ertalab 2-7 mm yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 12-17° boʻladi.
  • Surxondaryo viloyatida 13 oktabrda 2-7 mm yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 14-19° boʻladi.
  • Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida 13 oktabrda 2-7 mm yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° boʻladi.
  • Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlari togʻ oldi va togʻli hududlarida 12 oktabrda 5-10 mm yomgʻir yogʻadi; 13 oktabrda togʻ oldi hududlarda yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda 10-15 mm, baʼzi joylarda 20 mm gacha yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanishi mumkin) boʻladi.
  • Fargʻona vodiysi togʻli hududlarida 13 oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda 5-10 mm qorga aylanishi mumkin.

15 oktabrdan respublika boʻyicha harorat asta-sekin koʻtarilishi kutilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid