Nojoʻya harakati uchun Samarqand sudyasi oʻrinbosari ishdan olindi
Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar bergan.

Samarqandda sudya nojoʻya harakati sabab ishdan olindi.
"Odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganligi hamda sudning obroʻsini tushiradigan nojoʻya xatti-harakat sodir etganligi uchun Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudi raisining oʻrinbosari B.Vaxobov lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi"- deyiladi Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabarida.
Matbuot xizmati "nojoʻya harakat" tafsilotlarini ochiqlamagan.




