platina.uz
Jahon

Kuz mavsumida Istanbul sayohatidan rohatlaning

Kuzgi Istanbulning sayyohlar uchun jozibadorligi oshadi. 

Kuz mavsumida Istanbul sayohatidan rohatlaning

Kuzning salqin kunlari shaharni oʻrganish va yangicha hayajonni his etishning ayni vaqti boʻlib, maqsadingiz Istanbulga sayohat boʻlsa, qitʼalar uchrashadigan ushbu shaharda unutilmas tajribalarga tayyor turing.

Oktabr oyi shaharda quyosh nuri va salqin shabadalar hukm suradigan kuz faslining kelganidan darak beradi. Uzoq yozgi taʼtildan qaytgan Istanbul aholisi va mehmonlari kuzning goʻzal ob-havosidan foydalanib, shahar bogʻlari, ochiq maydonlar, sanʼat galereyalari, madaniyat maskanlari hamda koʻplab muzeylariga tashrif buyuradilar. Yangi mavsumning oʻzgaruvchan ranglarini aks ettirgan Bosfor boʻgʻozi shaharning mashhur restoranlari, kafelari va yangi ochilgan makonlarini kashf qilishga ilhomlantiradi. Keling, shahar bilan qayta aloqa qilishimiz mumkin boʻlgan ushbu quyoshli oktabr kunlarida Istanbul va uning keng koʻlamli imkoniyatlarini koʻrib chiqaylik.

Tarixiy Istanbulga sayohat

Shaharning gavjum koʻchalari va goʻzal xiyobonlarini oʻrganar ekansiz, Istanbul dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri ekanligiga guvoh boʻlasiz. Sharqiy Rim va Usmonli imperiyalarining sobiq poytaxti Istanbul, oʻtmish va bugungi kunda oʻziga xos nuqtai nazarni taqdim etadi. Ushbu zamonaviy va koʻhna megapolis Osiyo va Yevropa chorrahasida vujudga kelganini oʻz koʻzingiz bilan kuzatishingiz mumkin. Tarixiy yarim orolda Ayasofiya, Yerebatan sardoni va Topkapi saroyi kabi koʻplab tarixiy joylar mavjud. Shu bilan birga, Oltin shox (Halich) da joylashgan Galata minorasining kuzatuv terassasi kuzgi Istanbulning panoramali koʻrinishini taqdim etadi.

Yaqinda qayta taʼmirdan chiqqan va hozirda muzey sifatida oʻz mehmonlariga xizmat koʻrsatayotgan Qiz qalʼasida Bosforning yana bir ajoyib manzarasini kuzatishingiz mumkin.

Beyogʻlu Madaniyat Yoʻlida 1000 dan ortiq tadbir

Butun yil davomida festivallari, musiqasi, tungi hayoti va joʻshqin surʼati bilan eʼtiborni tortadigan Istanbul, kuzda sanʼat va madaniy tadbirlar bilan gullab-yashnaydi. Jumladan, sentabrdan oktabrgacha oʻtish chogʻi shaharning eng keng qamrovli madaniyat va sanʼat tadbiri boʻlgan Beyogʻlu Madaniyat Yoʻli Festivalining boshlanishini anglatadi. 15 oktabrga qadar davom etadigan Beyogʻlu Madaniyat Yoʻli Festivali Beyogʻluda turli madaniy va sanʼat tadbirlariga mezbonlik qilgan oʻnlab makonlari bilan shaharning butun madaniy merosini kelajakka yetkazib berishda koʻmaklashadi. Taksim maydonidagi Otaturk madaniyat markazi (AKM) kabi bir nechta platformalarda mingdan ortiq tadbir oʻtkazib kelinmoqda. Beyogʻlidagi Istanbul kino muzeyida yangi ochilgan “Yulduzli jangi toʻplami Galaktika ixlosmandlari koʻrgazmasi” yulduzlar jangi olamidan qirq yildan ziyod muddatda jamlangan noyob koʻrgazmalardan biridir.

Favqulodda kashfiyot: Istanbul oshxonasi

Istanbul oʻzining boshqa boyliklari bilan birgalikda, gastronomiyasi bilan ham mashhurdir. Bu “Michelin” yulduzli gastro-shahar nafaqat mashhur Mishel yulduzli restoranlari balki, mamlakatning noyob oshpazlik merosi boʻlmish koʻcha lazzatlari, oʻziga xos restoranlari, mahalliy va xalqaro oshxonalarning eng yaxshi namunalarini taqdim etadigan tamaddixonalari bilan ham mashhur. Oktabr oyining sokin oqshomlari tarixiy Bosforning koʻzni qamashtiruvchi fonida turk oshxonasining boy lazzatlaridan bahramand boʻlish uchun keng imkoniyat yaratadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid