Eden Azar katta futboldan ketdi
Yarim himoyachi yozda Real bilan shartnomasini toʻxtatgandi.

Chelsi va Madridning Real jamoalari sobiq futbolchisi Eden Azar katta futboldan ketganini maʼlum qildi.
Yarim himoyachi yozda Real bilan shartnomasini toʻxtatgandi. U Madridda 2019 yildan beri oʻynayotgan edi. Ispaniyada u 2 karra la-liga gʻolibi, bir marta kubok sohibi, YeChL va UYeFA superkubogi sovrinlarini yutgan.
Realga borishdan oldin esa Londonning Chelsi klubida oʻynagan va 2 marta Angliya chempioni boʻlgan.
Shuningdek, Azar 2018 yil Rossiyada oʻtgan jahon chempionatining bronza medali sohibi hamdir.