Bola huquqlari boʻyicha yangi ombudsman tasdiqlandi
Sobiq ombudsman Aliya Yunusova bir muddat taʼtil olgach, oʻz xohishi bilan lavozimidan ketgandi.

Surayyo Rahmonova Bola huquqlari boʻyicha ombudsman lavozimiga tasdiqlandi. Sobiq ombudsman Aliya Yunusova bir muddat taʼtil olgach, oʻz xohishi bilan lavozimidan ketgandi.
Surayyo Rahmonova (1978 y. t.) Toshkent davlat yuridik universitetida 2000 yilda bakalavr, 2002 yilda esa magistr darajasiga ega boʻldi. Dotsent (2015), yuridik fanlar doktori (2018).
U 2018-2019 yillarda Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot xizmatida boʻlim boshligʻi sifatida ishlagan. Keyin esa Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlim boshligʻi boʻlgan.




