platina.uz
Jamiyat

Poytaxtni titratgan portlash, atay quritilgan daraxtlar, Iroqdagi fojia — haftaning muhim xabarlari

Platina.uz sayti tugab borayotgan ushbu haftada sodir boʻlgan eng muhim voqealarni saralab chiqdi.

Poytaxtni titratgan portlash, atay quritilgan daraxtlar, Iroqdagi fojia — haftaning muhim xabarlari

Prezident yuk transportlari shahardan yurishini yana tanqid qildi.

Shavkat Mirziyoyev temir yoʻl sohasiga oid yigʻilishda import vagonlarining katta qismi poytaxt va viloyat markazlariga kirib kelishi oqibatida stansiyalarda tirbandlik yuqori boʻlayotganini aytgan. Shu munosabat bilan temir yoʻl yuk stansiyalarini shaharlardan tashqariga koʻchirish imkoniyatini oʻrganish zarurligini qayd etgan. Bu shaharlarda yuk mashinalari harakatini qisqartirishga, tumanlarga qoʻshimcha investisiya kirishiga xizmat qiladi.

Chilonzordagi kesilgan daraxtlar ataylab quritilgani maʼlum boʻldi

Toshkentning Chilonzor tumani Lutfiy koʻchasidagi daraxtlar 2021 yilda polietilen plyonka bilan yopib chiqilgani sabab qurib qolgan. 2022 yilda holat oʻrganilib, prokuratura organlariga quriganlik holati boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shu yilning avgust oyida ichki ishlar organlariga surishtiruvga berilgan. 2022 yilning sentabr oyida esa hujjat tugatilgan.

Keyinchalik 28 tup shumtol va 1 tup zarang daraxti Toshkent botanika bogʻi mutaxassisi va tuman ekologiya boʻlimi masʼullarining 2023 yil 14 sentabrdagi xulosasiga asosan qurigani sababli kesilgan.

Iroqdagi toʻyda yuz kishi qurbon boʻldi.

Iroq shimolida joylashgan Nineva provinsiyasidagi toʻyxonada sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 100 kishi halok boʻldi, 150 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Toshkentda kuchli portlash boʻldi

28 sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli portlash boʻlgan. Yongʻin qariyb 7 soatda — qutqaruv boʻlinmalari soat 02:48 da yetib borib, soat 05:02 da yongʻin qurshab olingan va soat 10:47 da batamom oʻchirilgan.

Bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan. Yongʻin joyiga bosh vazir – fuqaro muhofazasi boshligʻi A.Aripov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, prokuratura, ichki ishlar vazirligi, bojxona boshqarmasi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi xizmatlarning rahbarlari chiqqan.

Portlash oqibatida 16 yoshli bola halok boʻlgan, jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda.

Platina.uz jabrlanganlar haqida maxsus reportaj ham tayyorlagan.

Prezident bir guruh oʻqituvchilarni mukofotladi

1 oktabr — ustoz va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan bir qator oʻqituvchilar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid