Yakkasaroyga ayol prokuror hokim boʻldi
Yakkasaroyning avvalgi hokimi Mirobod tumaniga rahbar etib tayinlangandi.

Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Allabergenova Nilufar Anvarovna 1971 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Qator masʼuliyatli vazifalarda, shu jumladan, turli yillarda Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida prokuror oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
2019 yildan shu kunga qadar Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.
Yakkasaroyning avvalgi hokimi Mirobod tumaniga rahbar etib tayinlangandi.