platina.uz
Jamiyat

Samarqandda mahallalar infratuzilmasi oʻnglanmoqda

Prezident maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan tanlab olingan hududlarda jami 44 ta koʻcha obodonlashtirildi.

Samarqandda mahallalar infratuzilmasi oʻnglanmoqda

Prezident topshirigʻiga asosan respublikamizning barcha viloyatlarida “Obod xonadon - obod koʻcha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday manzillardan biri Samarqand viloyatidir. Dasturga viloyatning 4 ta mahallasida – Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Choʻyanchi”, Oqdaryodagi “Yangiqoʻrgʻon”, Pastdargʻomdagi “Olti qahramon” va Ishtixondagi “Chagʻatoy” mahallalari kiritilgan.

Bugungi kunda tanlab olingan mahallalarda 18 679 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Ushbu manzillarda “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha “xonadonbay” xatlov oʻtkazilib, hududlar kesimida “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi va ishlar boshlab yuborildi.

Prezident maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan mahalla ifratuzilmasini yaxshilash maqsadida tanlab olingan hududlarda jami 44 ta koʻcha obodonlashtirildi.

Xususan, elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 362 dona eski simyogʻochlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi, 19 ta TP punktlari kapital tamirlandi va 5 ta yangi TP oʻrnatildi, 1,6 km uzunlikdagi SIP kabellar tortildi.

Mahallalardagi ichki yoʻllarning jami 8,2 km qismiga asfalt yotqizildi va 39,9 km uzunlikdagi qismi shagʻallashtirildi. Hududlardan oʻtuvchi jami 4,7 km uzunlikdagi ariq va zovurlar tozalandi.

Gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida jami 45 ta GTP kapital taʼmirlandi va 27,0 km gaz quvurlari joriy taʼmirlandi. Shuningdek, 9 ta isitish qozonlari qayta rekonstruksiya qilindi.

Hududidagi ijtimoiy soha obʼektlariga jami 65,3 tonna va aholi xonadonlariga 4,0 tonna koʻmir mahsulotlari yetkazib berildi.

Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash boʻyicha 3,7 km uzunlikdagi suv quvurlari tortildi, shu jumladan 4 dona suv inshooti oʻrnatildi.

Mahallalardagi mavjud 13 ta qabriston toʻliq tozalandi, mavjud daraxtlarga shakl berilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Mahalla binosi va ijtimoiy obʼektlardagi kamchiliklarni bartaraf etish yoʻnalishida mahalla beshligi uchun yangi xizmat binosini qurish ishlari boshlandi. Hududlardagi 2 ta umumtaʼlim maktabida kapital taʼmirlash ishlari yakunlandi.

Aholi sogʻligʻini yaxshilash maqsadida 9 mingga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, shuningdek, 560 ta fuqaro bepul dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi. Jami 65 nafar fuqaroning viloyat va tuman sogʻliqni saqlash muassasalarida sogʻligʻi tiklandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid