Qish arafasida “Oʻztransgaz” rahbariyatida oʻzgarishlar boʻldi
“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisiga ikkita birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosar tayinlandi.

“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi rahbariyatida oʻzgarishlar boʻldi, ikkita birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosar tayinlandi.
Muhsin Rahmonov “Oʻztransgaz” AJ raisining birinchi oʻrinbosari — bosh muhandis, Shohjahon Safarov raisning transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi.
Muhsin Rahmonov tayinlovga qadar "Oʻztransgaz" AJ Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Jahongir Baybayev “Oʻztransgaz” AJ raisining qurilish va transport boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” neft-gaz sohasida nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.




