AQShlik iqtisodchi ayol Nobel mukofotini qoʻlga kiritdi
Klaudiya Goldin 1946 yil Nyu-Yorkda tugʻilgan.

Amerikalik Klaudiya Goldin ayollar mehnat bozoridagi tadqiqotlari uchun iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, Goldin "mehnat bozoridagi gender nomutanosibligining asosiy sabablarini ochib berdi" va birinchi boʻlib genderlar daromadlari farqlari ustida tadqiqot qilgani uchun mukofotga sazovor boʻldi.
Shuningdek, u erkaklar hali ham oʻrtacha koʻproq maosh olishi va ayollar jahon mehnat bozorida kam namoyon boʻlishi sabablarini oʻrganib chiqdi.
Klaudiya Goldin 1946 yil Nyu-Yorkda tugʻilgan.
Eslatib oʻtamiz, tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti eronlik huquq himoyachisi Narges Muhammadiyga berilgandi.