Uzum koʻrish qobiliyatini yaxshilashi maʼlum boʻldi
Olimlar tadqiqot natijalarini eʼlon qildilar.

Uzumni isteʼmol qilish ayniqsa keksa odamlarda koʻrish qobiliyatiga foydali taʼsir koʻrsatadi. Bu haqda Singapur Milliy universiteti olimlari tadqiqot natijalariga koʻra aytib oʻtdi.
Tadqiqotchilar keksalikda koʻp odamlar glaukoma yoki makula degeneratsiyasi kabi kasalliklardan aziyat cheka boshlashini maʼlum qilgan. Buning sababi koʻpincha oksidlovchi stress boʻlib, organizmdagi oksidlanish jarayonlari keskin kuchayganda va antioksidant tizim ular bilan kurashishni toʻxtatadi. Tarkibidagi oziq-ovqat antioksidantlari tufayli uzum bu jarayonlarni sekinlashtiradi va glikatsiya mahsulotlarining shakllanishiga toʻsqinlik qiladi.
Bu, oʻz navbatida, koʻzning holatini yaxshilaydi.
Olimlar, shuningdek, bir necha oy ketma-ket quritilgan uzum (mayiz) isteʼmol qilgan keksa odamlarda koʻrish qobiliyati oshishi va qon plazmasining antioksidant qobiliyati koʻtarilganini taʼkidladilar.
Mutaxassislarning fikricha, koʻz toʻr pardani mustahkamlash va koʻz kasalliklari rivojlanishining oldini olish uchun har kuni taxminan bir-ikki bosh miqdorida uzum isteʼmol qilish kerak.
