platina.uz
Jamiyat

Toshkentda maktab oʻquvchisi dars vaqtida vafot etdi

Shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam koʻrsatilishiga qaramay oʻquvchi M.S. vafot etgan.

Toshkentda maktab oʻquvchisi dars vaqtida vafot etdi

Toshkentning Yunusobod tumanida maktab oʻquvchisi dars vaqtida vafot etdi. Bu xabarni Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tasdiqladi.

Yunusobod tumanidagi 259-sonli umumtaʼlim maktabida 2023 yil 6 oktabr kuni taxminan soat 11.10 larda dars jadvali asosida jismoniy tarbiya darsi oʻtayotgan vaqtida shu sinf oʻquvchisi, 2011 yil 23 martda tugʻilgan M.S. ning koʻkrak qafasiga koptok tegishi natijasida hushini yoʻqotgan.

Oʻquvchi tumandagi 7-sonli klinik shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam koʻrsatilishiga qaramay oʻquvchi M.S. vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, M.S. ga yurakning reflektor toʻxtashi, oʻtkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, bosh miya va oʻpka shishi, yurak gipertrofiyasi, yurak tugʻma nuqsoni tashxisi qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid