Mirobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Shu paytgacha Mirobod tumaniga vaqtincha Ashraf Salaydinov rahbarlik qilayotgandi.

Anvar Sayfutdinov Mirobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Sayfutdinov Anvar Nazarovich 1981 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
2005 yilda Toshkent davlat Texnika universitetini, 2009 yilda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004 yilda boshlab, qator vazifalarni bajarib kelgan. 2019 yilning sentabr oyidan shu kunga qadar Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Shu paytgacha Mirobod tumaniga vaqtincha Ashraf Salaydinov rahbarlik qilayotgandi.