Suriyadagi harbiy akademiyaga hujum: yuzdan oshiq kishi oʻlgani aytilmoqda
Mamlakat armiyasi rasmiylari hujumda “maʼlum xalqaro kuchlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan terrorchilik guruhlari”ni aybladi.

Suriyadagi harbiy akademiyaga dronlar hujumi yuz berdi, oqibatda 100 dan ortiq qurbonlar berilgani xabar qilingan.
SANA davlat axborot agentligi mamlakat harbiy qoʻmondonligi bayonotini eʼlon qilgan, unda aytilishicha, portlovchi moddalar bilan jihozlangan bir nechta uchuvchisiz moslamalar kursantlarga bitiruv marosimi tugaganidan soʻng darhol Homs harbiy akademiyasiga hujum qilgan.
Mamlakat armiyasi rasmiylari hujumda “maʼlum xalqaro kuchlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan terrorchilik guruhlari”ni aybladi.
Hozircha na muxolif kuchlar, na jihodiy guruhlar hujum uchun masʼuliyatni oʻz zimmalariga olgani yoʻq, biroq dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uchuvchisiz samolyot Xoms shimoli-gʻarbidagi muxolifat nazoratidagi hududlardan uchirilgan.
Hodisa oqibatida dastlab Suriya mudofaa vaziri Ali Mahmud Abbos vafot etgani boʻyicha xabar tarqaldi, lekin bu tasdiqlanmagan.




