Rossiya Oʻzbekistonga neft yetkazib beradi
Yaqinda Rossiya neft mahsulotlari, jumladan, benzin eksportini vaqtincha toʻxtatgan edi.
Iqtisod
6-oktabr 2023 yil
Oʻzbekiston va Rossiya vazirlari bir qator sohalar, xususan, neft yetkazib berish boʻyicha ham kelishuvni imzoladilar.
Oʻzbekiston tomonidan hujjatni energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov, Rossiya tomonidan esa Nikolay Shulginov imzoladi.
Bundan tashqari, ikki davlat transport vazirlari Ilhom Mahkamov va Vitaliy Savelev temir yoʻl transportlari uchun neft mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha kelishuv imzoladilar.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda Rossiya neft mahsulotlari, jumladan, benzin eksportini vaqtincha toʻxtatgan edi.