Byudjet puliga qimmat mashina sotib olgan amaldorlar
Ularning orasida oʻzimizning milliy mahsulotlar ham bor, xorijning ulovlari ham.
Davlat xaridlari
6-oktabr 2023 yil
Davlat xaridlari portalida bir qator amaldorlarning davlat byudjeti pullariga qimmatbaho mashinalar sotib olgani haqida maʼlumotlar chiqdi.
Ularning orasida oʻzimizning milliy mahsulotlar ham bor, xorijning ulovlari ham.
Jumladan, Andijon viloyati hokimligi 413 mln. soʻmga KIA Sportage Style sotib olgan boʻlsa, Fargʻona viloyati hokimligi 223,8 mln. soʻmga Tracker-2 xarid qilgan.
Shuningdek, Davlat geologiya axborot markazi 360 mln. soʻmga KIA Cerato Luxe, Madaniy meros agentligi esa 419 mln. soʻmga Malibu-2 xarid qilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sirdaryo hokimi barcha tumanlarga Tracker sotib olish uchun 4 mlrd. soʻm ajratgandi.