Yaponiyada ketma-ket kuchli zilzilalar boʻlmoqda, sunami xavfi bor
Rasmiylar mahalliy aholini qattiq ogohlantirdi.

Yaponiyada dastlab 6,6, soʻngra 5,1 magnitudali zilzila sodir boʻldi, deya xabar bermoqda mamlakat bosh meteorologiya boshqarmasi.
Hodisa 5 oktabr kuni kunning birinchi yarmida Izu arxipelagining janubida qayd etilgan. Hududda sunami haqida ogohlantirish eʼlon qilindi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida Torishima oroli hududida sodir boʻlgan. Epitsentr 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Sunami balandligi bir metrgacha boʻlgan toʻlqinlarni keltirib chiqarishi kutilmoqda.
Rasmiylar aholini qirgʻoqqa chiqmaslikka, dengizga yaqin qolganlarni esa zudlik bilan balandroq yerlarga koʻtarilishga chaqirmoqda. Portlar va daryo boʻylari eng xavfli hisoblanadi.




