platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev keyingi hafta Qirgʻizistonga boradi

U yerda 13 oktabr kuni MDH davlat rahbarlari kengashi majlisi boʻlib oʻtadi.

Shavkat Mirziyoyev keyingi hafta Qirgʻizistonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev keyingi hafta oxirida Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahriga borishi kutilyapti.

U yerda 13 oktabr kuni MDH davlat rahbarlari kengashi majlisi boʻlib oʻtadi. Unda hamdoʻstlikka aʼzo mamlakatlar rahbarlari, xususan, Oʻzbekiston prezidenti ham ishtirok etadi.

Sadir Japarov raisligida oʻtadigan tadbir davomida hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, MDH davlat rahbarlarining avvalgi sammiti 2022 yil dekabrda boʻlib oʻtgan edi.

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrifini Tataristondan boshlagan. Uni Qozon aeroportida respublika rahbari Rustam Minnixonov kutib olgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid