Norvegiyalik yozuvchiga Nobel mukofoti berildi
Yozuvchining "Tong, kechqurun", "Uyqusizlik" kabi romanlari ham mashhur.

Nobel qoʻmitasi Adabiyot mukofotini norvegiyalik yozuvchi Yon Fossega berildi.
Fosse - eng mashhur Yevropa dramaturglaridan biri uning pesalari koʻplab sahnalarda namoyish etiladi.
Teatr mutaxassislarining fikricha, Fosse spektakllarining mashhurligi uning syujetlarni personajlarning kuchliligiga emas, balki ularning zaif tomonlariga – oʻziga ishonmaslik, oʻlimdan qoʻrqish, oʻz kuchiga ishonmaslikdan kelib chiqib qurishi bilan bogʻliq.
Yon Fosse adabiyotda 1983 yilda "Qizil, qora" romani bilan debyut qilgan va "Va biz hech qachon ajralmaymiz" birinchi pesasi 1994 yilda nashr etilgan.
Uning dramaturg sifatidagi eng mashhur asarlaridan “Bir yoz kuni” (1998), “Men shamolman” (2007) va boshqalardir.
Yozuvchining "Tong, kechqurun", "Uyqusizlik" kabi romanlari ham mashhur.
Avvalroq kimyo boʻyicha Nobel sohiblari nomi maʼlum boʻlgandi.