Hasanboy Doʻsmatov Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi
Doʻsmatov murosasiz kechgan final jangida tailandlik raqibini magʻlubiyatga uchratishga erishdi.

Boks boʻyicha Oʻzbeksiton terma jamoasi aʼzosi Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) oʻz sovrinlari orasiga Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qoʻshib qoʻydi.
Doʻsmatov murosasiz kechgan final jangida tailandlik Thitisan Panmotni magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Endi Hasanboyda har bir bokschi erishishi mumkin boʻlgan titullar toʻliq koʻrinishga keldi.
Eslatib oʻtamiz, biroz avval Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyda boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida 16 ta oltin, 16 ta kumush va 22 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 5-oʻrinni egallab turgani maʼlum qilingandi.