platina.uz
Iqtisod

Boylar endi tok uchun 4 baravargacha koʻp pul toʻlaydi

Avvalroq energetika boʻyicha narxlar oshishiga zami hozirlanayotgani maʼlum boʻlgandi. 

Boylar endi tok uchun 4 baravargacha koʻp pul toʻlaydi

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 iyuldagi 245- sonli qaroriga koʻra, ayrim toifalar uchun elektr narxi keskin oshadi. Jumladan, 1 noyabrdan boshlab:

- elektr energiyasining quvvati oʻrtacha oylik isteʼmol miqdoridan oshib ketgan III guruh isteʼmolchilariga:

- 1 001 dan 5 000 kVt soatgacha isteʼmol uchun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar;

- 5 001 dan 10 000 kVt soatgacha isteʼmol uchun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar;

- 10 000 kVt soatdan yuqori isteʼmol uchun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar oʻsuvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.

"Haqiqat uchun aytish joizki, haddan tashqari koʻp elektr energiyasi isteʼmol qiluvchilar uchun oshirilgan koeffitsiyentlar 2020 yildayoq kiritilgan, lekin amalda qoʻllanilmay kelgan.

Avvalroq oyiga 10 ming kvt.soatdan ortiq elektr ishlatayotgan oligarx, korchalon va choʻntaklarga de-fakto 1,1 trln.soʻm subsidiya berilgani haqida yozgan edik. Shu pullar pensiyaga, stipendiyaga, oʻqituvchilar oyligiga sarflanishi mumkin edi.

Va nihoyat toʻgʻri qadam bosish boshlangandek. Nihoyat hukumat elektr energiyasi tariflari borasida sevimli boylar tarafdan uzoqlashib ijtimoiy qatlamga qayisha boshlagan" deya yozadi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq energetika boʻyicha narxlar oshishiga zami hozirlanayotgani xabar berilgandi. Oktbyar oyidan yirik korxonalar, byudjet tashkilotlari, kompaniyalar va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz narxlarini oshirilgandi. Aholi uchun esa narxlar vaqtincha oʻzgarishsiz qoldirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid