platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev ilk bor Tataristonga boradi

Mirziyoyevning tashrifi keng koʻlamli boʻlishi, jumladan u respublikadagi ayrim sanoat korxonalariga tashrif buyurishi kutilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev ilk bor Tataristonga boradi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 oktabr kuni Qozon shahriga boradi. Bu prezidentning Tataristonga birinchi amaliy tashrifi boʻladi. Bu haqda mahalliy "Biznes onlayn" nashri xabar berdi.

Mirziyoyevning tashrifi keng koʻlamli boʻlishi, jumladan u respublikadagi ayrim sanoat korxonalariga tashrif buyurishi kutilmoqda.

4 oktabr kuni Kazan Expo koʻrgazmasida Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi boʻlib oʻtadi. Forumda Rossiya delegatsiyasiga hukumat raisining oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchilik qilishi rejalashtirilgan. Shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayevning ham tashrifi kutilmoqda. Manbalarning xabar berishicha, tashrif chogʻida Xoʻjayev Tatariston Respublikasi sanoatchilari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid