platina.uz
Sport

Oʻzbekiston Osiyo oʻyinlaridagi oʻrnini saqlab qoldi

Bugun delegatsiya aʼzolari 10 ta sport turlarida medallar uchun kurashadi.

Oʻzbekiston Osiyo oʻyinlaridagi oʻrnini saqlab qoldi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyda boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida 14 ta oltin, 15 ta kumush va 21 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 5 oʻrinni saqlab turibdi.

Bugun delegatsiya aʼzolari 10 ta sport turlarida medallar uchun kurashadi.

Yunon-rum kurashi bahslarida kuchlilar saralanmoqda. Islomjon Bahromov (-60 kg), Mahmud Baxshulloyev (-67 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Musobaqa davomida Bahromov Tiyen Bui (Vyetnam) va Liguo Chao (Xitoy), Baxshulloyev Niraj (Hindiston) hamda Mansur Nurberdiyev (Turkmaniston), Berdimuratov esa Maksat Sailau (Qozogʻiston) kabi raqiblarini magʻlubiyatga uchratishdi.

“Klassik” kurash ustalari oʻrtasida saralash bahslari yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda Jaslgasbay Berdimuratov -87 kg vazn toifasining final yoʻllanmasiga ega boʻldi. Hamyurtimiz yarim finalda yaponiyalik Masato Sumi ustidan gʻalaba qozondi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan Ilhomjon Bahromov (-60 kg), Mahmud Baxshulloyev (-67 kg) bronza medali uchun, shuningdek, chorak finalda magʻlubiyatga uchragan Dilshod Omongeldiyev (-77 kg) esa uchinchi oʻrin uchun oʻtish bosqichida bahs olib boradigan boʻlishdi. Berdimuratovning finaldagi raqibi eronlik Nosir Alizoda boʻladi.

Qoʻshnilarimizdan Qozogʻiston 13 (+3) va Tojikiston 19 (+3) oʻringa koʻtarildi, Qirgʻiziston 24 oʻrinni saqlab turibdi. Turkmaniston esa 28 oʻringa (-1) tushib ketdi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid