platina.uz
Sport

Safina Sadullayeva Osiyo oʻyinlarida zafar quchdi, Radzivil esa ikkinchi oʻrinda

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi esa qaqshatqich magʻlubiyatga uchradi. 

Safina Sadullayeva Osiyo oʻyinlarida zafar quchdi, Radzivil esa ikkinchi oʻrinda

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Safina Sadullayeva hamda Svetlana Radzivil balandlikka sakrash dasturida medallar uchun kurash olib borishdi.

Quvonarlisi, oltin va kumush medallar har ikki yurtdoshimizga nasib etdi. Sadullayeva oltin, Radzivil yesa kumush medal sohibiga aylandi. Kuchli uchlikni qozogʻistonlik Nadejda Dubovitskaya yakunlab berdi. Eʼtiborlisi, gʻolib va sovrindorlar bir xil 1.86 metr natija qayd etishgan. Shohsupdagi oʻrinlar urinishlar soniga qarab taqsimlandi.

Osiyo oʻyinlarida debyut qilayotgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim final uchrashuvini oʻtkazdi. Ushbu bosqichda jahonning kuchli jamoalaridan biri KXDRga qarshi bahs olib borgan hamyurtlarimiz 0:8 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Endi futbolchilarimiz 6 otkyabr kuni Xitoy hamda Yaponiya juftligida magʻlub boʻlgan jamoa bilan bronza medali uchun maydonga chiqishadi.

Boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi aʼzosi Abdumalik Xalokov yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz chorak finalda Tokio-2020 Olimpiadasi finalchisi filippinlik Karlo Palamni musobaqadan chiqarib yubordi va oʻzi uchun shohsupadan joy naqd qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid