platina.uz

Jizzaxlik tadbirkor 100 dan ortiq odamni ishli qildi

Kelgusida korxona Tabriz va Isfahon gilamlarini ham ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Biznes
3-oktabr 2023 yil

Jizzax shahridagi gilam ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanadigan EURASIA Gilamlari MChJ loyihasining umumiy qiymati 2 mln. yevrodan ortiq, shundan 500 ming dollar Mikrokreditbank tomonidan ajratilgan kredit summasiga toʻgʻri keladi.

Zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 122 070 m. kv. boʻlib, korxonada ayni damda 115 ta yangi ish oʻrni yaratilgan. Kelgusida korxona Tabriz va Isfahon gilamlarini ham ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

“Mikrokreditbank” ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ushbu korxonaga press-tur tashkil etdi. Press-tur davomida ishtirokchilar korxonada gilam ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishdilar.

“Mikrokreditbank” ATB bugungi kunda oʻzining xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilingan mablagʻlari bilan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga doir investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan jarayonlarda faol ishtirok etib kelmoqda”, dedi bank axborot xizmati rahbari Sarvar Ochilov.

EURASIA Gilamlari MChJ gilam ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirib, Belgiyadan qoʻshimcha gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalarini sotib oldi, unda ichki va tashqi bozor (eksport) uchun zamonaviy gilam va gilamchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida paxta, jun, ipak, poliester, suprim, poliamid, neylon, olefin va boshqa xomashyolar mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchi jamiyatlardan olinadi.

Ayni paytda korxona ishlab chiqargan gilam va gilam mahsulotlarini ichki bozorda – respublikamizdagi bozorlar va yirik savdo markazlariga (66 foizini) hamda eksport uchun Tojikistonga (34 foizini) sotish rejalashtirgan.

Maʼlumot uchun, “Mikrokreditbank” ATB joriy yil boshidan beri tadbirkorlik subʼektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun 108 ta loyihaga 682 mlrd. soʻm ekvivalentida mablagʻlar ajratdi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+