Bayram kuni paxta dalasiga chiqqan fargʻonalik amaldor YTHga uchradi
Hozirda markaz rahbari Qoʻqon shahridagi shifoxonalardan birida qolmoqda.

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani bandlikka koʻmaklashish markazi rahbari 1 oktabr kuni YTHga uchradi.
U Fargʻona viloyatidan Uchkoʻprikka paxtaga biriktirilgan prokurorning topshirigʻi bilan tumanning Mehnatobod hududiga paxtaga chiqqan odamlar haqida maʼlumot yiqqani borgan va qaytayotganda baxtsiz hodisaga uchragani aytilmoqda.
Jurnalist Sharifa Murodga koʻra, markaz rahbari Xursanali Baratovning ahvoli ogʻir, u Qoʻqon shahridagi shifoxonada qolmoqda.
Jurnalistning qoʻshimcha qilishicha, hokimiyatga yaqin toʻrtta manba mazkur hodisani tasdiqlagan.