Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri hujjatlar imzoladi
Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy muzokaralardan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzoladilar.

Jumladan, turli sohalardagi quyidagi hujjatlar imzolandi:
- Oʻzbekiston hukumati va Qatar hukumati oʻrtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Qatar Ijtimoiy rivojlanish va oila vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
- Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi va Qatar Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi;
- Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va Qatar Investitsiya agentligi oʻrtasida investitsiyaviy hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;
- Oʻzbekiston Korrupsiya qarshi kurashish agentligi va Qatar Maʼmuriy nazorat va shaffoflik boshqarmasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi.
Shuningdek, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
- Oʻzbekiston Din ishlari qoʻmitasi va Doha dinlarararo muloqot xalqaro markazi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi;
- Oʻzbekiston Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi va Qatar Inson huquqlari boʻyicha milliy qoʻmitasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi;
- Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Qatar Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida qoʻshma ishbilarmonlar kengashini tuzish toʻgʻrisida bitim;
- Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Qatar Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi.