platina.uz
Sport

Osiyo oʻyinlari: baydarka va kanoechilar biryoʻla uchta medalga ega chiqdi

Ertaga hamyurtlarimiz yana 6 ta dasturda medallar uchun kurash olib borishadi.

Osiyo oʻyinlari: baydarka va kanoechilar biryoʻla uchta medalga ega chiqdi

Osiyo oʻyinlarining baydarka va kanoe bahslarining ikkinchi startida ham Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga medal yozib qoʻyilmoqda. 1000 metrga kanoeda eshkak eshish boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi dasturda Vladlen Denisov delegatsiyamizga yana bir kumush medalni taqdim qildi.

Baydarkada eshkak eshish boʻyicha ayollar oʻrtasida 500 metrga eshkak eshish bahsida yana bir medal qoʻlga kiritildi. Unda startga chiqqan Yekaterina Shubina hamda Arina Tanatmisheva juftligi marraga uchinchi boʻlib yetib keldi va bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shuningdek, 500 metrga kanoeda eshkak eshish boʻyicha juftlik bahslarida Artur Guliyev hamda Kamron Ahtamov toʻrtinchi, Nilufar Zokirova hamda Gulbahor Fayziyeva esa beshinchi boʻlib marraga keldi. Xuddi shu masofada startga chiqqan baydarkachi yigitlarimiz Denis Onufriyev hamda Ozodjon Amriddinov yesa yettinchi pogʻonadan joy olishdi.

Ertaga hamyurtlarimiz yana 6 ta dasturda medallar uchun kurash olib borishadi.

Avvalroq Oʻzbekiston jamoasi medallar hisobida toʻrtinchi oʻringa qaytgani xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid