platina.uz
Jahon

Ilon Maskning Zelenskiy haqidagi memi katta mojaroga aylanmoqda

Eslatib oʻtamiz, bu Ilon Maskning Ukraina borasida birinchi ziddiyatli bayonoti emas.

Ilon Maskning Zelenskiy haqidagi memi katta mojaroga aylanmoqda

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak amerikalik tadbirkor Ilon Maskni Rossiyani qoʻllab-quvvatlashda aybladi. Ilon Mask X (sobiq Tvitter) tarmogʻida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Gʻarb yordamiga qaramligini masxara qilgan.

“Bugungi kunda Ukraina boʻyicha har qanday sukunat yoki kinoya Rossiya tomoniga soʻzsiz daldadir”, — deb yozdi Mixail Podolyak oʻzining Telegram-kanalida.

Eslatib oʻtamiz, bu Ilon Maskning Ukraina borasida birinchi ziddiyatli bayonoti emas. Avvalroq u Ukrainaning sharqiy hududi asosan rus tilida muloqot qilishiga ishora qilib, ularga tanlov erkinligi berishni aytgandi.

Shuningdek, u Qrimga hujum qilishga hozirlangan Ukraina kuchlariga Starlink maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatini ham taqdim etmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid