platina.uz
Siyosat

Qatar kompaniyasi Oʻzbekistonda 4 ta yirik loyihani moliyalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev bugun kompaniya boshqaruvi raisi Muhammad al-Hajriy bilan uchrashgan.

Qatar kompaniyasi Oʻzbekistonda 4 ta yirik loyihani moliyalashtirmoqda

Qatarning Nebras Power kompaniyasi Oʻzbekistonning 4 ta hududida yirik energetik loyihalarni amalga oshirmoqda.

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1 oktabr kuni kompaniya boshqaruvi raisi Muhammad al-Hajriy bilan uchrashgan. Uchrashuvda energetika, muqobil energetikada yangi loyihalarni ilgari surish boʻyicha hamkorlik masalasi koʻrib chiqilgan.

Xususan:

  • Sirdaryo viloyatida bugʻ-gaz texnologiyalari asosida quvvati 1,6 GVt boʻlgan zamonaviy elektr stansiyasi qurilishi boshlangan;
  • Surxondaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasini barpo etish loyihasi yakunlanmoqda;
  • Toshkent viloyatida 600 MVt quvvatli energiya saqlash tizimlari yaratiladi;
  • Qoraqalpogʻistonda 1 GVt quvvatli shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Muzokarada uzoq muddatli sheriklik dasturini qabul qilish, eng avvalo “yashil” energetikaga doir istiqbolli loyihalarni kiritish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Maʼlumot uchun, Nebras Power – Qatarning yetakchi energetika korporatsiyasi boʻlib, oʻndan ziyod mamlakatda yirik loyihalarni amalga oshirgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid