Osiyo oʻyinlari: Oʻzbekiston termasi yarim finalga chiqdi
Endi ular yarim finalda Xitoy va Janubiy Koreya gʻolibi bilan kuch sinashadi.

Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistonini magʻlub etgan holda yarim finalga yoʻl olishdi.
Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoa chorak finalda Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida magʻlub etishdi. Endi ular yarim finalda Xitoy va Janubiy Koreya gʻolibi bilan kuch sinashadi.
Osiyo oʻyinlari, futbol
Oʻzbekiston - Saudiya Arabistoni 2:1
Gollar: Saidazamat Mirsaidov 24, Alisher Odilov 44 - Marran 66