platina.uz
Jamiyat

Istanbulning tarixiy “Oltin shox” koʻrfazi haqida bilasizmi?

Tarixiy yarim orolning qoʻshni tumanlari Balat va Fener, boy tarixiy merosi va diqqatga sazovor joylari bilan Istanbulning eng mashhur manzillaridan biridir.

Istanbulning tarixiy “Oltin shox”  koʻrfazi haqida bilasizmi?

Oltin shox koʻrfazi (turk tilida Halich), uning atrofidagi mahalla va tarixiy yarim orolning bir qismi, Istanbulning eng goʻzal manzillaridan biridir. Bosfor boʻgʻoziga kirish nuqtasini tashkil etuvchi “Oltin shox” oʻz nomini shox shaklidagi yoʻldan olgan boʻlib, suvlari, ayniqsa, quyosh botayotganda oltin tusga kirganligi uchun bu nom berilgani aytiladi. Oltin Shox oʻzining tabiiy bandargohi bilan bir vaqtlar Usmonli va Sharqiy Rim imperiyalarining savdo flotlari langar tashlaydigan asosiy port edi. Tuman bugungi kunda Istanbulning ming yildan ortiq tarix izlarini oʻzida mujassam etgan masjidlari, cherkovlari, sinagogalari va maktablari bilan koʻp madaniyatli tuzilishga ega.

Yangilangan tarixiy sanoat obʼektlari va ushbu maskanda oʻtkazilayotgan xalqaro tadbirlar mintaqaning tarixiy ahamiyatini zamonaviy va badiiy ruh bilan toʻldiradi. Oltin shox qirgʻogʻidagi 600 yillik binolar qayta tiklanishi bilan mintaqa shaharning yangi madaniy magnitiga aylandi. Negaki, Istanbulning kuzgi mashhur “Contemporary Istanbul” marosimi aynan shu hududda boʻlib oʻtadi. Dunyo zamonaviy sanʼatining eng yaxshi namunalarini namoyish etayotgan Contemporary Istanbul mahalliy va xalqaro galereyalar, sanʼat muassasalari va rassomlarni birlashtirmoqda. 28 sentabrdan 1 oktabrgacha sanʼat ixlosmandlarini birlashtiradigan tadbir sanʼat sahnasidan betakror asarlarni koʻrish, tarixiy sanoat hududining oʻzgarishiga guvoh boʻlish va Oltin Shoxning goʻzal qirgʻoqlaridan bahramand boʻlish uchun koʻplab imkoniyatlarni taqdim etadi.

Fener-Balat: Rangli koʻchalari bilan juda jozibali

Tarixiy yarim orolning qoʻshni tumanlari Balat va Fener, boy tarixiy merosi va diqqatga sazovor joylari bilan Istanbulning eng mashhur manzillaridan biridir. Asrlar oʻtgan va tashrif buyuruvchilar farqli boʻlsada, bu bir-biriga bogʻlangan tarixiy tumanlar doimo omon qolishga muvaffaq boʻlgan.

Balatning derazalari teshikli tarixiy uylar bilan qoplangan, oʻtmish va kelajakni uygʻunlashtiruvchi ajib meʼmoriy tuzilishga ega. Oltin Shox qirgʻogʻida joylashgan Bolgariya Sveti Stefan cherkovi (Temir cherkovi) ham butun temirdan yasalgan dunyodagi yagona pravoslav cherkovidir. Ushbu ajoyib tuzilma, quyma va metall qismlar Avstriyaning Vena shahrida ishlab chiqarilib, kemalarga ortilgan va Balatga keltirilgan. Parchalar Oltin shox qirgʻogʻida yigʻilgan. 500 tonna temir yordamida xoch shaklida qurilgan cherkov 1898 yilda ibodat qilish uchun ochilgan.

Per Loti tepaligi: Oltin shoxning goʻzal manzarasi

Tarixiy yarim orolda Per Loti tepaligi juda mashhur manzil. Fransuz yozuvchisi Juliyen Viaud nomi bilan atalgan Per Loti Xill goʻzal manzaralar va 19-asrdan beri bilan saqlanib kelayotgan qadimiy Istanbul meʼmorchiligi toʻplamini taqdim etadi. Bu tepalikka chiqish va shu nuqtadan Istanbulni his qilish haqiqatan ham hayratlanarli. Siz Per Lotiga toʻgʻridan-toʻgʻri teleferik yoki zinapoyada chiqishingiz mumkin. Bu yerdagi kafe hududi mahalliy aholi bilan choy ichish, suhbatlashish va manzaradan zavqlanish gashtini taqdim etadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid