platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston armiyasi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 62-oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston armiyasi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 62-oʻrinni egalladi
Oʻzbekiston armiyasi 2023 yilgi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 145 davlat orasida 62-oʻrinni egalladi. Tegishli reyting Global Firepower xalqaro kompaniyasi tomonidan eʼlon qilindi. Reytingda kuchli oʻntalikni AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Pokiston, Yaponiya, Fransiya va Italiya egalladi. Reyting PwrIndx — kuch indeksi boʻyicha tuzilgan, u qanchalik past boʻlsa, mamlakat shunchalik kuchli armiyaga ega boʻladi. Hozircha hech bir davlat 0,0000 harbiy kuchning maksimal koʻrsatkichiga erishmagan. Oʻzbekiston 1.0692 indeksini olgan. Markaziy Osiyo davlatlari harbiy qudrati boʻyicha quyidagi oʻrinlarni olgan:
  1. Oʻzbekiston — 62-oʻrin (1.0692 indeks)
  2. Qozogʻiston — 63-oʻrin (1.0873 indeks)
  3. Turkmaniston — 82-oʻrin (1.5986 indeks)
  4. Qirgʻiziston — 107-oʻrin (2.1073 indeks)
  5. Afgʻoniston — 114-oʻrin (2.3118 indeks)
  6. Tojikiston — 120-oʻrin (2.6403 indeks)
Global Firepower reytingini tuzuvchilar roʻyxatga kiritilgan mamlakatlar armiyalarining tank, samolyot, harbiy kema va boshqalar soni haqida batafsil maʼlumotlarni taqdim etadi. Unga koʻra, Oʻzbekistonda xizmatni oʻtashga yaroqli inson resurslarining umumiy soni 13,5 million kishini tashkil qiladi. Har yili harbiy chaqiruv 622 ming kishiga toʻldirilmoqda. Ayni paytda Oʻzbekiston qurolli kuchlarida 65 ming kishi xizmat qilmoqda.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid