2023 yil byudjetidagi ayrim nomutanosibliklarga javob bormi?


“Shuning uchun qonunda ushbu tashkilot uchun ham mablagʻ ajratilishi belgilangan. Tashkilot 1 yanvardan tugatildi. Qonun esa dekabrda qabul qilindi. Agar tashkilot qonun qabul qilinishidan avval rasman tugatilganida pul ajratish masalasi kiritilmasdi va parlament tomonidan rad javobi berilar edi. Yana bir masala borki, inspeksiya tugatilsa-da, uning vazifa va majburiyatlari tegishincha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda. Mazkur vazirlik oʻz strukturasini ishlab chiqqach, tugatilgan inspeksiyalar uchun ajratilgan mablagʻlarning maʼlum qismi davlat byudjeti toʻgʻrisidagi tegishli qonun va qarorga oʻzgartirish kiritilgan holda ularga oʻtkazib beriladi. Shu oʻrinda qayd etish kerakki, yangi maʼmuriy islohotlar sabab 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni doirasida shtat birliklarini maqbullashtirish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar ijtimoiy masalalarni hal etishga yoʻnaltiriladi”.Demak, qisqa fursatda maʼqullangan 2023 yil byudjet taqsimotidagi ayrim nomutanosibliklar qayta koʻrib chiqiladi va tegishli qonun, qarorga oʻzgartirishlar kiritiladi. Shuningdek, soʻroq savolga sabab boʻlgan qariyb 14,5 mlrd. soʻm kabi taqsimlangan mablagʻlar ham “havoga uchmaydi”...