platina.uz
Jamiyat

Haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Sirdaryoda haydovchilik guvohnomasini berishni vaʼda qilgan firibgarlar aniqlandi.  Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Sirdaryo viloyati boshqarmalar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Sh.A va Sh.B. fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, unga 680 AQSh dollari evaziga “V, S” toifali haydovchilik guvohnomasini tayyorlab berishni vaʼda qilishib, shundan 600 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid