Yaponiyada inqiroz, Jahongir Otajonov va yurak kuni
Platina.uz 29 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

29 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Butunjahon yurak kuni. Butunjaxon yurak kuni 1999 yilda Butunjahon yurak federatsiyasi tashabbusi bilan 29 sentabrda nishonlanadigan boʻldi. Oʻz sogʻligi, ishchanligi, farovon hayotini saqlab qolmoqchi boʻlgan har qanday insonning kundalik turmushiga gimnastika, jismoniy mashqlar, yugurish va yurish kirib kelishi kerak.
Otolaringoglar kuni. Har yili bugungi sanada otolaringoglar kasb bayrami keng nishonlanadi. Otolaringogiya grekcha soʻzdan olingan boʻlib, (quloq, burun, tomoq) quloq, tomoq, burun va yondosh boʻshliqlarini anatomik va fiziologik tuzilishi hamda ularning diagnostikasi, davolash va profilaktikasini oʻrganuvchi tibbiyotning eng muhim qismi hisoblanadi.
Voqealar.
1650 yil – Genri Robinson Londonda dunyodagi birinchi nikoh agentligini ochdi.
1842 yil – Uilyam Xenson bugʻ bilan ishlaydigan samolyot dizaynini eʼlon qildi, u 1842 yil 28 martda patentga ariza topshirdi.
1864 yil – Ispaniya Qirolligi va Portugaliya Qirolligi oʻrtasidagi zamonaviy chegaralarni oʻrnatuvchi Lissabon shartnomasi imzolandi.
1897 yil – tango birinchi marta ijro etildi. Bu Buenos-Ayresda, Olimpo teatrida, "Kreol sudi" spektaklining premerasida sodir boʻldi.
1911 yil — Italiya Turkiyaga urush eʼlon qildi.
1913 yil – fransuz uchuvchisi Moris Prevo Deperdussin samolyotida birinchi marta soatiga 200 km tezlikni oshirdi.
1916 yil — Standard Oil asoschisi Jon Rokfeller dunyodagi birinchi milliarder biznesmenga aylandi.
1923 yil – Falastin ustidan Britaniya mandati kuchga kirdi.
1938 yil – Myunxen kelishuvi tuzildi.
1951 yil – Yupiterning 12-sunʼiy yoʻldoshi Ananke topildi.
1954 yil — Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti tashkil etildi.
1957 yil – Mayak korxonasida radiatsiyaviy avariya sodir boʻldi.
1988 yil – Tinchlik uchun Nobel mukofoti BMT tinchlikparvar kuchlariga berildi.
1990 yil – Chukotka avtonom okrugi Magadan viloyatidan chiqishini eʼlon qildi va oʻzini respublika deb eʼlon qildi.
- Qozogʻistonda rusiyzabon viloyatlarga qozoq tilini 2000 yilgacha bosqichma-bosqich rasmiy til sifatida kiritishga ruxsat berilgan.
1991 yil – Gaiti Respublikasida davlat toʻntarishi boʻldi, harbiy kuchlar prezident Jan-Bertran Aristidni isteʼfoga chiqardi.
1992 yil – Braziliya Milliy Kongressining Deputatlar palatasi prezident Fernando Kol de Meloga impichment eʼlon qilish uchun ovoz berdi.
1993 yil – Boris Yelsin Oliy Kengash deputatlariga 4 oktabrgacha Oq uyni tark etish talabini eʼlon qildi.
1998 yil – Yaponiyadagi moliyaviy inqiroz Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik bankrotlikka olib keldi. Bu haqda qarzi 16 milliard dollardan oshgan “Djapan lizing korporeyshn” kompaniyasi maʼlum qildi.
2001 yil – Rossiya fuqarolariga xorijiy banklarda hisob raqamlarini ochishga ruxsat berildi.
2005 yil – Ostona shahrida Butunjahon qozoqlarining III qurultoyi oʻtkazildi.
2020 yil – Buyuk Britaniya va Kanada Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, uning oʻgʻli Viktor va mamlakatning bir nechta yuqori martabali hukumat aʼzolariga qarshi sanksiyalarni kiritdi. Britaniyalik diplomatlar bunday sanksiyalar "Belarusda inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga aloqador" boʻlganlarga nisbatan joriy etilishini maʼlum qilgan. Maʼlumot uchun: 2020 yilning 9 avgust kuni Belarusda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko gʻalaba qozongach, mamlakatda ommaviy noroziliklar boshlangan edi.
- Turkiyaning F-16 qiruvchisi Armaniston HHKga qarashli boʻlgan Su-25 samolyotini urib tushirdi.
2021 yil – Oʻzbekistonda bir kunda ikki marta, yaʼni avval 4,7, keyin 4,3 ball yer silkishini qayd etildi.
Tavalludlar.
1932 yil – hindistonlik aktyor, qoʻshiqchi, rejissyor va prodyuser Mehmud Ali;
1942 yil – bastakor Islom Olloberganov;
1970 yil – Oʻzbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha vazir oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev;
1978 yil – xonanda Jahongir Otajonov tavallud topgan.
1984 yil – oʻzbek futbolchisi, "Lokomotiv" klubi himoyachisi Ibrohim Rahimov;
1992 yil – oʻzbek dzyudochisi-paralimpiyachi, 70 kg gacha vazn toifasida, 2016 yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori, Para-Osiyo oʻyinlari, Islom birdamlik oʻyinlari, Osiyo chempionati va Jahon kubogi bosqichlari sovrindori Gulrux Rahimova tavallud topgan.