Toshkentda sudya ogʻir kasallikdan vafot etdi
U faoliyati davomida tuman sudida sudya, sud raisi va qator boshqa lavozimlarda ishlagan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tumani sudi sudyasi Farhod Shukurov vafot etdi.
Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Platina.uzga maʼlum qilishlaricha, Farhod Shukurov uzoq vaqt davom etgan kasallik oqibatida vafot etgan.
U faoliyati davomida tuman sudida sudya, sud raisi, Toshkent shahar sudida sudya, jinoyat ishlari boʻyicha Xorazm viloyat sudi raisi lavozimlarida ishlagan.