platina.uz
Jahon

Tan olinmagan Qorabogʻ respublikasi tugatilmoqda

Farmonda, shuningdek, aholi Qorabogʻda qolish-qolmasligini oʻzlari hal qilishi mumkinligi aytilgan.

Tan olinmagan Qorabogʻ respublikasi tugatilmoqda

Tan olinmagan Qorabogʻ respublikasi rahbari Samvel Shahramanyan tuzilmaning mavjudligini tugatish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Samvel Shahramanyanning farmoniga koʻra, tan olinmagan respublika 2024 yil 1 yanvardan oʻz faoliyatini toʻxtatadi. Farmondan kelib chiqqan holda, tuzilmaning barcha davlat organlari va muassasalari tugatilishi kerak.

Farmonda, shuningdek, aholi Qorabogʻda qolish-qolmasligini oʻzlari hal qilishi mumkinligi aytilgan.

Respublikani tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qaror 2023 yil 19 sentabrdan keyin yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda qabul qilindi, deb yozadi “Armenpress” Togʻli Qorabogʻ axborot shtabining bayonotiga tayanib.

Oʻsha kuni Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻda "konstitutsiyaviy tuzumni tiklash" maqsadida "mahalliy aksilterror choralari" boshlanganini eʼlon qilgandi. Operatsiya natijasida tan olinmagan respublika taslim boʻldi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid