Quturishga qarshi kun, “Bunyodkor”ning ochilishi
Platina.uz 28 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

28 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Butunjahon quturishga qarshi kuni. 2007 yildan beri har yili 28 sentabr kuni nishonlanadi. BMTning xalqaro kunlar tizimiga kiritilgan. U shtab-kvartirasi AQShda joylashgan nodavlat notijorat tashkiloti — Quturishni nazorat qilish boʻyicha Global alyans tashabbusi bilan tashkil etilgan. Butunjahon quturish kuni tarixda birinchi quturishga qarshi vaksinani yaratgan fransuz mikrobiologi Lui Pasterning vafotiga bagʻishlangan.
Xalqaro axborotga umumiy kirishish kuni. YuNESKO tomonidan 2015 yilda taʼsis etilgan unutilmas sana. 2019 yilda BMT Bosh assambleyasi ushbu sanani xalqaro kunlar roʻyxatiga kiritdi. YuNESKO 2030 yilgacha boʻlgan davrda jamiyatni barqaror rivojlantirish dasturi tamoyillariga sodiq qolib, zamonaviy jamiyatning demokratik asoslarining tamoyili va ustunining jamoatchilikka maʼlumotli boʻlishi muhimligiga eʼtibor qaratdi. Bu tamoyil Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida eʼlon qilingan, uning 19 -moddasida inson maʼlumot qidirish, olish va tarqatish huquqi va erkinligiga ega ekanligi aniq koʻrsatilgan. Bu holatda yagona chegara - bu qonun, u davlat yoki harbiy sir tushunchasini kiritishi, shuningdek, qonun meʼyorlariga muvofiq maʼlumot va gʻoyalarni cheklashi mumkin. Yaʼni, tarqatilayotgan maʼlumotlarning mazmuni amaldagi qonunchilikka zid boʻlmasligi kerak.
Xalqaro gunglar kuni. 1951 yilda Butunjahon kar va soqovlar federatsiyasi yaralishi sharafiga taʼsis etilgan. Statistikaga koʻra, dunyo boʻyicha har toʻqqizinchi odam eshitish qobiliyatining buzilishidan aziyat chekadi.
Voqealar.
Bugun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Berlin shahriga boradi. Tashrif 30 sentabr sanasigacha davom etadi.
1618 yil – Bryusselda dunyodagi birinchi lombard ochildi.
1801 yil – Rossiya va Fransiya oʻrtasida Parij tinchlik shartnomasi tuzildi.
1926 yil – Samarqand viloyatidagi Kattaqoʻrgʻon tumani va Namanganda esa Pop tumani tashkil etilgan kun.
1958 yil – Fransiyada referendum boʻlib oʻtdi, unda Beshinchi Respublika Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1961 yil – Suriyada harbiy toʻntarish amalga oshirildi, natijada Birlashgan Arab Respublikasidan ajralib chiqish eʼlon qilindi va Suriya Arab Respublikasi eʼlon qilindi.
1991 yil – Oʻzbekiston Milliy bogʻi bunyod etilgan kun. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanalari munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan bogʻ obod qilindi va hozirgi nom bilan atala boshlandi.
2000 yil – Isroil Bosh vaziri Ehud Barak birinchi marta Quddusni boʻlish imkoniyatini tan oldi. Uning soʻzlariga koʻra, falastinliklar bilan tinchlik shartnomasi tuzilsa, shaharning gʻarbiy qismi Isroil poytaxti, sharqiy qismi esa Falastin davlatining poytaxti boʻlib qolishi haqidagi kelishuvni oʻz ichiga oladi.
2008 yil – Belarus Respublikasida parlament saylovlari.
2012 yil – “Bunyodkor” sport kompleksining ochilgan kun.
2021 yil – UzAuto Motors 2022 yilgi yangi Chevrolet Captiva krossoverining narxlari 192,7 million soʻmdan boshlagan toʻrtta komlektatsiyada sotilishi boshlanganini eʼlon qildi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent shahar Kengashi taʼsis etildi.
2022 yil – Oʻzbekistonda ilk bor robot-xirurg bilan murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi.
- Oʻzbekistonda Internetdan foydalanishga sharoiti yoʻq aholi qatlami uchun “Yaxshi narsalar interneti” deb nomlangan axborot platformasi ishga tushdi.
Tavalludlar.
Dunyodagi eng zabardast diniy ustozlardan Konfutsiy tavallud topgan kun. Konfutsiy Xitoyda eramizdan avvalgi VI asr atrofida yashagan. U dunyodagi eng zabardast diniy ustozlardan boʻlgan.
1897 yil — qozoq yozuvchisi, dramaturg, olim Muxtor Avezov;
1912 yil – ftiziatr, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Alimov Shokir;
1934 yil – fransuz kino aktrisasi, qoʻshiqchi, model Brijit Bardo;
1963 yil – oʻzbekistonlik olima, tarix fanlari doktori, professor Yulduz Ergasheva;
1976 yil – oʻzbekistonlik yirik tadbirkorlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, “Doʻstlik” ordeni sohibi Ulugʻbek Fayziyev;
1982 yil – hind aktyori, Hindistonning mashhur 100 nafar aktyorlari roʻyxatidan oʻrin olgan Ranbir Kapur tavallud topgan.