platina.uz
Jamiyat

Ozarbayjonlik taniqli jurnalistlar sayt faoliyati bilan tanishdi

Muloqotda Oʻzbekiston - Ozarbayjon doʻstligi, axborot makonidagi hamkorligi haqida soʻz bordi.

Ozarbayjonlik taniqli jurnalistlar sayt faoliyati bilan tanishdi

Bugun, 28 sentabr kuni bir guruh ozarbayjonlik jurnalistlar, media sohasi vakillari Platina.uz sayti tahririyatiga tashrif buyurdi va sayt faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvda Ozarbayjon matbuot kengashi boshqarmasi aʼzosi Hojibey Haydarli, Azxeber.com media guruhi bosh muharriri Afsaladdin Agalarov, Editor.az media guruhi boshligʻi Farid Shahbozli va Platina.uz sayti bosh muharriri Bobur Jalolov ishtirok etdi.

Muloqotda Oʻzbekiston - Ozarbayjon doʻstligi, axborot makonidagi hamkorligi haqida soʻz bordi. Mehmonlar oʻzbek media olami bilan hamkorlik qilishdan minnatdor ekanliklarini bildirdilar.

— Bizning anʼanalarimiz bir, odatlarimiz oʻxshash, tilimiz yaqin. Shu maqsadda axborot olamida hamkorligimizni yanada kuchaytirsak, bundan faqat xursand boʻlamiz. Shuning uchun sizlarni ham Ozarbayjonga taklif qilamiz, — dedi Hojibey Haydarli.

Mehmonlar hozirgi tahlikali zamonda haqqoniy va xolis axborot yetkazishda xalqaro hamkorlik qilish, oʻzaro tajriba almashish nihoyatda muhimligini taʼkidladilar.

— Shuningdek, togʻli Qorabogʻ masalasida Ozarbayjonni qoʻllab-quvvatlagani uchun Oʻzbekiston hukumatiga ham alohida tashakkur izhor qilamiz, — dedi Farid Shahbozli.

Mehmonlarga Platina.uz sayti tahririyati faoliyati haqida maʼlumotlar berildi. Ular sayt xodimlari, ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar va ijodiy jamoaga omadlar tiladi.

— Oʻzbekiston va Ozarbayjon yoshlari ayni paytda koʻp yangi loyihalarga qoʻl urmoqda. Jumladan, Platina.uz sayti jamoasi ham hali yosh boʻlishiga qaramay, axborot maydoniga tez kirib kelibdi. Ijodiy guruhga muvaffiqiyatlar tilaymiz, — dedi Afsaladdin Agalarov.

Uchrashuvda kelgusida ijodiy hamkorlik yanada kuchaytirilishi taʼkidlandi. Ozarbayjonlik hamkasblar Platina.uz sayti xodimlarini oʻz yurtiga taklif qildilar. Kelajakda yetakchi ozar nashrlari bilan memorandumlar imzolanishiga umid bildirdilar.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid