platina.uz
Sport

Ulugʻbek Rashitovdan muvaffaqiyatli yurish, dzyudochilarni esa katta sinov kutmoqda

Bugun ham oʻzbekistonliklar uchun omadli boshlandi. 

Ulugʻbek Rashitovdan muvaffaqiyatli yurish, dzyudochilarni esa katta sinov kutmoqda

Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyda boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida 5 ta oltin, 6 ta kumush va 11 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4 oʻrinni saqlab turibdi.

Eʼtiborlisi, delegatsiyaning har ikki bayroqdori Osiyo oʻyinlarida shohsupaga koʻtarildi:

Muzaffarbek Toʻraboyev (dzyudo, oltin);

Zaynab Dayibekova (qilichbozlik, bronza).

Taekvondo WT boʻyicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulugʻbek Rashitov (-68 kg) Osiyo oʻyinlarini gʻalaba bilan boshladi. Gonkonglik Fung Loga qarshi bahs olib borgan hamyurtimiz ikki raundda 14:1 va 16:4 hisoblarida ustun keldi.

Ilias Iliadis boshchiligidagi dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy dasturdagi ishtirokini boshladi. Chorak finaldan bahslarga kirishgan hamyurtlarimiz Tailandni 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, yarim finalga yoʻl oldi. Ushbu bosqichda yurtdoshlarimizga Xitoy raqiblik qildi.

Yarim finalda xitoylik sportchilar bilan bahs olib borgan hamyurtlarimiz 4:2 hisobida gʻalaba qozonib, chempionlik uchun bahs olib boradigan boʻldi. Jamoamizga finalda dzyudo vatani Yaponiya jamoasi raqiblik qiladi.

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarining gʻalabali ishtiroki davom etadi. Jasur Jaysunov (-80 kg) hamda Feruza Sodiqova (-67 kg) ham dastlabki janglarini muvaffaqiyatli oʻtkazishdi. Jaysunov quvaytlik Bandar Alenezini, Sodiqova esa tailandlik Sasikam Tongchanni magʻlubiyatga uchratib, chorak final yoʻllanmasiga ega boʻlishdi.

Qoʻshnilarimizdan Tojikiston 12, Qirgʻiziston 14, Qozogʻiston 16 va Turkmaniston 25 oʻrinda bormoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid