Ulugʻbek Rashitov Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi
U finalda iordaniyalik Karim Zaidni magʻlubiyatga uchratgan.

Oʻzbekiston jamoasi Osiyo oʻyinlaridagi taekvondo bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ulugʻbek Rashitov (-68 kg) iordaniyalik Karim Zaidni magʻlubiyatga uchratib delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi.
Feruza Sodiqova -67 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Finalda xitoylik Ji Song hamyurtimizdan ustun keldi va Sodiqova musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunladi.