platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Germaniyaga boradi

Tashrif davomida qanday tadbirlar boʻlishi ham maʼlum qilindi. 

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Germaniyaga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-30 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Federal kansler Olaf Shols va Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Kun tartibidan Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid