platina.uz
Jamiyat

Qahvaning ikki foydali xususiyati aniqlandi

Yapon olimlari bu boʻyicha yangi tadqiqotni eʼlon qildi. 

Qahvaning ikki foydali xususiyati aniqlandi

Qahva tarkibida mavjud boʻlgan oʻsimlik moddasi — trigonellin yoshga bogʻliq miya kasalliklarini oldini oladi va xotirani yaxshilaydi.

Yaponiyadagi Sukuba universitetining olimlari oʻz tadqiqotlari natijalari asosida shunday xulosaga kelishdi.

Mutaxassislar oʻz qarindoshlariga qaraganda tezroq qariydigan genetik modifikatsiyalangan sichqonlar ishtirokida tajriba oʻtkazdi. 30 kun davomida kemiruvchilarga qahvalarda topilgan trigonellin, shuningdek, fenugrek va turp urugʻlari berildi. Natijada hayvonlarning miya funksiyalari yaxshilanishi ortdi.

Xususan, trigonellin kursidan soʻng hayvonlar maʼlumotni yaxshiroq oʻzlashtira boshladilar. Sichqonlar, shuningdek, neyrorivojlanish, mitoxondriyal funksiya, ATP sintezi, yalligʻlanish va autofagiya bilan bogʻliq signal yoʻllarini yaxshi qabul qildi. Bundan tashqari, modda neyroyalligʻlanishni toʻxtatdi.

Shu munosabat bilan olimlar trigonellinni kelajakda yoshga bogʻliq xotira buzilishining oldini olish uchun qoʻllash mumkin degan xulosaga kelishdi, deb yozadi Gero Science jurnali.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid