platina.uz
Sport

Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy aniqlandi

Uning qoʻl ostida "Manchester Yunayted" 13 marta Angliya Premer-ligasi (APL) chempioni boʻldi.

Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy aniqlandi

FourFourTwo nashri "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonni futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy deb tan oldi.

Fergyuson 1986 yildan 2013 yilgacha “Manchester Yunayted”ni boshqargan. Uning qoʻl ostida "Manchester Yunayted" 13 marta Angliya Premer-ligasi (APL) chempioni boʻldi, besh marta mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi va ikki marta UYeFA Chempionlar Ligasi kubogini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” Fergyuson bilan klublar oʻrtasidagi jahon chempionati, qitʼalararo kubok, Yevropa kubogi egalari kubogi, Yevropa superkubogida gʻolib chiqdi va toʻrt marta Angliya liga kubogini qoʻlga kiritdi. Fergyuson Shotlandiyaning "Sent-Jonston", "Falkirk", "Sent-Mirren" va "Aberdin" klublariga ham murabbiylik qilgan.

Tarixdagi eng yaxshi 10 murabbiy:

1. Aleks Fergyuson;
2. Rinus Mishels;
3. Yoxan Kroyff;
4. Bill Shenkli;
5. Xosep Gvardiola;
6. Arrigo Sakki;
7. Mett Basbi;
8. Helenio Yerrera;
9. Ernst Xappel;
10. Valeriy Lobanovskiy.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid