platina.uz
Jamiyat

Afgʻon prezidentining osilishi, Rauf Parfi, Ikkinchi Qorabogʻ urushi

Platina.uz 27 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Afgʻon prezidentining osilishi, Rauf Parfi, Ikkinchi Qorabogʻ urushi

27 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

Jahon turizm kuni.

Voqealar.

1821 yil – Meksika Ispaniyadan mustaqillikka erishdi.

1863 yil – Sankt-Peterburgda Rossiyaning birinchi bolalar bogʻchasi ochildi.

1937 yil – Nyu-Yorkning Albion shahrida birinchi Santa Klaus tayyorlash maktabi ochildi.

1940 yil – Germaniya, Italiya va Yaponiya Berlinda uch tomonlama paktni imzoladilar.

1941 yil – Suriya mustaqil davlat deb eʼlon qilindi.

1960 yil – Yevropadagi eng baland minora - Ostankino teleminorasi poydevoriga birinchi temir-beton bloklar qoʻyildi.

1990 yil – SSSR Interpolga qoʻshildi.

  • Yakutiya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi suverenitetini eʼlon qildi.

1996 yil – Kobulni Tolibon qoʻshinlari egallab olish paytida Afgʻoniston demokratik respublika sobiq prezidenti Muhammad Najibulloh osildi.

2020 yil – Ikkinchi Qorabogʻ urushi boshlandi (oʻsha yilning 10 noyabrida tugagan).

2021 yil – Oʻzbekiston Hukumati qarori (605-son, 24.09.2021 y.) bilan Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unga koʻra, talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi.

  • Termizda Surxondaryo va Balx viloyatlari hokimlari boshchiligida Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegaraoldi hududlari boshqaruv idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlari Afgʻonistonga import mollarini tranzit tashuvi bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishdi.

2022 yil – Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

  • Samarqandda yengil atletika boʻyicha IV Markaziy Osiyo ochiq chempionati yakunlandi. Unda umumjamoa hisobida Oʻzbekiston terma jamoasi 79 ta medal — 25 ta oltin, 27 ta kumush va 27 ta bronza medalni qoʻlga kiritib, gʻolib chiqdi.
  • Namangan viloyati Kosonsoy tumanida XIV — XX asrlarga oid noyob qoʻlyozma va toshbosma kitoblar topildi. Ularning aksari Namangandagi Matbai Isʼhoqiya va Toshkentdagi Gʻulom Hasan Orifjonovlar bosmaxonalarida inqilobgacha boʻlgan davrda chop etilgan.
  • «Buxoro neft bazasi»ning sobiq bosh hisobchisi va boshqa mansabdorlari hujjatlarni qalbakilashtirgani va 8,5 mlrd soʻmlik neftni talon-toroj qilishda ayblanib, 7 mansabdor va moddiy javobgar shaxslarga jinoyat ishi ochildi.
  • Oʻzbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Jamol Kamol 84 yoshida vafot etdi.

Tavalludlar.

1932 yil – hind kinorejissyori, prodyuseri va ssenariy muallifi Yash Chopra;

1939 yil – oʻzbek huquqshunosi, diplomat, 2001—2003-yillarda Oʻzbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi, 1994—2001-yillarda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchisi Shavkat Hamroqulov;

1943 yil – oʻzbek shoiri Rauf Parfi;

1954 yil – oʻzbekistonlik olima, texnika fanlari doktori, professor Anoraxon Qosimoxunova;

1968 yil – qirgʻiz siyosatchi va davlat arbobi, Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vaziri (2007-2009), Joʻqorgʻi Kengesning sobiq deputati, "Ota-Jurt " siyosiy partiyasining raisi, Qirgʻiziston Respublikasi Boks Milliy Federatsiyasi vitse-prezidenti, 2020 yil oktabridan Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Kamchibek Tashiyev;

1972 yil – amerikalik kino aktrisasi va tadbirkor, Oskar, Oltin globus va Emmi mukofotlari sovrindori Gvinet Peltrou;

1978 yil – ukrainalik va rus qoʻshiqchisi, modeler, Ukraina xalq artisti Ani Lorak;

1989 yil – oʻzbek film aktrisasi Feruza Normatova;

2006 yil – oʻzbekistonlik yengil atletikachi, 2022 yilgi yengil atletika boʻyicha U20 jahon chempionatida 15 yoshida uch hatlab sakrash boʻyicha gʻolib Sharifa Davronova tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid